8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

12:34 / 20.08.2016 13603

Eron harbiy bazasining Rossiyaga taqdim etilishi sababiga oydinlik kiritdi

Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqonning bayonot berishicha, Rossiya harbiy bombardimonchi samolyotlari Suriya hukumatining iltimosiga ko‘ra Hamadondagi aviabazada qabul qilinmoqda, deb xabar qilgan Tasnim agentligi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Hamadon aviabazasining Rossiya harbiy kosmik kuchlari ixtiyoriga berilishi terrorizmga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. 

Dehqonning qayd etishicha, EIR rahbariyati Suriya hukumatining iltimosi bilan shunday qaror qabul qilgan. 

Rossiya harbiy kosmik kuchlari Eronning Hamadon aerodromidan IShID va «Jabhat an-Nusra» guruhlari egallab turgan manzillar va inshootlarga zarba berishda foydalanmoqda.
 

Top