10:43 / 20.08.2016
7758

Kobulda harbiylar karvoni oldida portlash sodir etildi

Afg‘oniston poytaxtining ko‘chalaridan birida, mamlakat harbiylari ketayotgan mashina yo‘lida qo‘lbola portlovchi moslama harakatga keltirilgan. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar qilmoqda

Qo‘poruvchilik oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan, jinoyat uchun javobgarlikni "Tolibon" radikal guruhi o‘z zimmasiga oldi, deb ma'lum qilgan axborot agentligi. Voqeaning boshqa tafsilotlari xabar qilinmayapti.

Top