13:20 / 20.08.2016
7142

Plyaj sport turlari bo‘yicha beshinchi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik hakam ishlaydi

Shu yilning 25 sentabrida Vetnamning Da Nang shahrida plyaj sport turlari bo‘yicha beshinchi Osiyo o‘yinlari start oladi.

Bir hafta davom etadigan Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik hakam – Baxtiyor Namozov ham ish olib boradi. U plyaj futboli musobaqalarida o‘yinlarni boshqaradi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi. 

Ma'lumot uchun, ushbu Osiyo o‘yinlarida ishtirokchilar plyaj sportlarining 22 turi bo‘yicha musobaqalashadi. Ta'kidlash kerakki, plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham Osiyo o‘yinlarida qatnashishni rejalashtirgan.

Top