23:35 / 20.08.2016
21097

Rio-2016: Bektemir Meliqo‘ziyev O‘zbekistonga ikkinchi kumush medal keltirdi

Riodagi Olimpiadada boks bo‘yicha 75 kg vazn toifasi musobaqasi finalida amaldagi jahon chempioni kubalik Arlen Lopes va vitse-chempion, o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev uchrashdi. 

2015 yilgi Dohadagi jahon chempionati finalida uchrashgan sportchilar yana ringda to‘qnash keldilar. O‘shanda g‘alabaga kubalik bokschi erishgandi.

Olimpiadada ham kubalik charm qo‘lqop ustasining qo‘li baland keldi va oltin medal sohibiga aylandi. 

Ushbu toifada bronza medallarini ozarbayjonlik Kamron Shohsuvorli va meksikalik Misael Rodriges qo‘lga kiritdilar. 

Hamyurtimizga chiroyli va g‘olibona janglari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiramiz va uning keyingi faoliyatida ulkan zafarlar va Olimpiya o‘yinlarining eng baland cho‘qqilarini zabt etishni tilab qolamiz. 

Mavzuga oid
Top