06:05 / 20.08.2016
22611

Rio-2016: O‘zbekistonlik taekvondochi Nigora Tursunqulova bronza medali uchun kurashga kirishadi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekiston vakillari ham bahslarda o‘z ishtiroklarini davom ettirishmoqda.

Jumladan, taekvondo VTF yo‘nalishi bo‘yicha bahslar ham davom etmoqda. Ushbu bahslarda O‘zbekiston sportchisi Nigora Tursunqulova ozarbayjonlik Farida Azizovaga qarshi jang o‘tkazdi.

Nigora Tursunqulova birinchi raundda ustun kelgan bo‘lsada, ammo qolgan ikki raundda raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Ozarbayjonlik sportchi yarim final bahslarini davom ettiradigan bo‘ldi.

Top