07:52 / 20.08.2016
11195

Useyn Bolt 9 karra Olimpiya chempioni bo‘ldi

Foto: © AP

Yamaykalik sprinter Useyn Bolt Riodagi Olimpiadada Yamayka terma jamoasi safida 4x100 metr estafeta yugurishida to‘qqizinchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Yamaykalik sprinterlar Asafa Pauell, Yoxan Bleyk, Nikel Ashmid va Boltning natijasi 37,27 soniyani tashkil qildi. Shuningdek, dastlabki bosqichda yugurgan Jyevon Minzi va Kemar Beyli-Koul ham oltin medal oladilar. Marraga ikkinchi bo‘lib yaponiyaliklar (37,60), uchinchi bo‘lib amerikaliklar (37,62) yetib kelishdi.

 

Top