19:41 / 21.08.2016
9607

Ellikqal'a tumanida “Umumhalq xayriya hashar”i boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustdagi farmoyishi asosida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida xalqimizning bag‘rikenglik, hamjihatlik, insonparvarlik, o‘zaro hurmat, poklik va ozodalikni saqlash kabi olijanob fazilatlari yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. 
Erta tongdan Ellikqal'a tumanida ham “Umumhalq xayriya hashar” boshlanib ketdi. Hashar kunlari hududlardagi daraxtlarni butalash, ko‘chalar, yo‘laklarni tartibga keltirish, qurilish va maishiy chiqindilarni belgilangan joyga olib chiqish, aholi yashash punktlari, ko‘p qavatli bino va hovlilar atrofi, guzar, xiyobon, ziyoratgohlar, qabristonlar, ariqlarni, shuningdek, bolalar maydonchalarini tartibga keltirish ishlari bajarildi. 

Keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda. Bu xayrli yumushlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, korxona va tashkilotlar xodimlari, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok qilmoqda. 
Hashar davomida Ellikqal'a tumanining turli hududlarida yangi-yangi obektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, Bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Ellikqal'a ovulida sun'iy qoplamali futbol maydoni, Qirqqiz ovuldagi 40-sonli umumta'lim maktabning sport zali foydalanishga topshirildi, undan tashqari Amirobod, Tozabog‘ ovullaridagi aholiga maishiy va xizmat ko‘rsatish obektlari, Guldursun ovulida savdo majmuasi, Guliston, Navoiy ovullaridagi avtomobillarga servis xizmatini ko‘rsatish shaxobchalarining foydalanishga topshirilishi tumanimiz iqtisodining rivojiga hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishi orqali aholining ayniqsa kollej bitiruvchilaring bandligining ta'minlanishiga xizmat qiladi. Ellikqal'ada eng ulug‘, eng aziz bayramimiz bo‘lgan mustaqilligimizning yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

“Kamolot” YoIH Ellikqal'a tuman Kengashi raisi:  J.Baltayev

Mavzuga oid
Top