18:31 / 21.08.2016
12395

Erkin kurash. Ixtiyor Navro‘zov yarim finalga chiqdi

Rio—2016 Olimpiadasida erkin kurash musobaqalarida 65 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik Ixtiyor Navro‘zov chorak finalda Puerto-Riko vakili Franklin Gomesga qarshi gilamga chiqdi.

Kurashning 5:37 daqiqasida, hisob O‘zbekiston vakili foydasiga 7:5 bo‘lib turgan vaqtda tortishuvli vaziyat yuzaga keldi. Puerto-Riko vakilining murabbiylari e'tiroz bildirishdi va hakamlar bir necha daqiqa davomida vaziyatni muhokama qilib, yakunda o‘zbekistonlik sportchining foydasiga qaror chiqardi.

Natijada Ixtiyor Navro‘zov kurashni 8:5 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, yarim finalga yo‘l oldi. Endi u bu bosqichda rossiyalik tajribali sportchi Soslan Ramonovga qarshi gilamga chiqadi.

Navro‘zov nimchorak finalda Bahrayn vakili Adam Batirovni mag‘lub etgandi.

Mavzuga oid
Top