22:04 / 21.08.2016
10829

Erkin kurash. Magomed Ibragimov bronza medali yo‘lidagi birinchi raqibini mag‘lub etdi

Rio—2016 Olimpiadasining 97 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchilari o‘rtasidagi turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Magomed Ibragimov bronza medali uchun dastlabki bellashuvda gilamga chiqdi.

Chorak finalda o‘zbekistonlik sportchidan ustunlik qilgan ozarbayjonlik Ketag Gazyumov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, Magomed Ibragimovga medallar uchun kurashni davom ettirish imkonini yaratgandi.

Ibragimov o‘tish o‘yinida Eron vakili Rizo Muhammad Ali Yazdoniyni 5:0 hisobida yengdi. U raqib kuragini yerga tekkazgancha ushlab turdi va 33 soniya ichida muddatidan avval sof g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Endi u bronza uchun ukrainalik Valeriy Andriytsevga qarshi gilamga chiqadi.

Mavzuga oid
Top