08:50 / 21.08.2016
6034

Xitoydagi avtohalokatda 9 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Guychjou viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida 9 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda "Sinxua"  axborot agentligi xabar bermoqda

YTH 20 avgustda mahalliy vaqt bilan soat 21.00larda sodir bo‘lgan. Salonida 39 kishi bo‘lgan avtobus shosseda yoniga ag‘darilib ketgan. Oqibatda 4 kishi voqea joyida, yana 5 kishi shifoxonaga yo‘lda halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 4 kishi jiddiy jarohat olgan. 

Politsiya voqea tafsilotlarini tergov qilmoqda.

Top