10:08 / 21.08.2016
9602

Xitoyliklar «Liverpul»gacha yetib kelishdi

Xitoylik investorlar «Liverpul» aksiyalarining bir qismini sotib olishi mumkin.

Sky nashri xabariga ko‘ra, China Everbright konglomerati mersisaydliklar klubining 700 million funt miqdoridagi aksiyalariga ega bo‘lishi mumkin.

«Liverpul» rahbariyatiga bu borada birinchi taklif berilgani aytilmoqda.

«Liverpul» xo‘jayinlari klubni sotmoqchi emasliklarini ta'kidlashmoqda.

Ma'lumot uchun, shu yil yozida Angliyadagi «Aston Villa», «Vulverhempton» va «Vest Bromvich» klublari ham xitoyliklar qo‘liga o‘tgandi.

Shuningdek, xitoylik investorlar «Hall Siti» jamoasini qo‘lga kiritishga hozirlanishmoqda.

Manba: Tribuna.uz

Top