08:02 / 21.08.2016
9780

Ispaniya chempionati. «Sevilya» va «Espanol» uchrashuvida 10 gol urildi va boshqa natijalar

Ispaniya chempionatining 1-turidagi yana bir uchrashuvda muxlislar gollar shodasiga guvoh bo‘lishdi. «Sevilya» «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida «Espanol»ni qabuli qildi va 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

«Sevilya» uchrashuv davomida 0:1 va 2:3 hisoblarida ortda bordi, lekin iroda ko‘rsatib, g‘alabaga erishdi. Mezbonlar safida Pablo Sarabiya, Franko Vaskes, Vissam Ben-Yyeder, Xirosi Kiyotake va Lusiano Vetto (dubl) gol urgan bo‘lsa, «Espanol»ning gollariga Pablo Pyatti, Ernan Peres, Viktor Sanches va Xerar Moreno mualliflik qildi.

Turning yana bir uchrashuvida «Barselona» «Betis»ni 6:2 hisobida taslim etgandi.

«Vilyarreal» esa «Granada» maydonidan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytdi.

Sevilya – Espanol 6:4 (3:3, 3:1)
Gollar: 0:1 – 8 Pyatti, 1:1 – 15 Sarabiya, 2:1 – 22 Vetto, 2:2 – 26 Peres, 2:3 – 44 Sanches, 3:3 – 45 Vetto, 4:3 – 54 Vaskes, 5:3 – 66 Ben-Yyedder, 6:3 – 74 Kiyotake, 6:4 – 79 Moreno.
Sevilya – Riko, Mariano, Parexa (Diyego Gonsales, 83), Merkado, Kiyotake, Vaskes, Nzonzi, Sarabiya, Vitolo, Vetto (Korrea, 80), Ben-Yyedder (Iborra, 75).
Espanol – Roberto, Lopes, Alvaro Gonsales, Duarte (Siani, 37), Duarte (Xavi Fuego, 69), Peres (Reyyes, 69), Diop, Sanches, Pyatti, Baptistao, Moreno.
Ogohlantirishlar: Peres (38), Merkado (41), Alvaro Gonsales (45), Vetto (64).

Barselona – Betis 6:2 (3:1, 3:1)
Gollar: 1:0 – 6 Turan, 1:1 – 21 Ruben Kastro, 2:1 – 37 Messi, 3:1 – 42 Suares, 4:1 – 56 Suares, 5:1 – 57 Messi, 6:1 – 82 Suares, 6:2 – 84 Ruben Kastro.
Barselona – Bravo, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba (Din, 76), Rakitich, Buskets, Suares (Munir, 70), Messi, Suares, Turan.
Betis –    Adan, Sexudo, Bruno Gonsales, Mandi, Petstselya, Durmisi, Marten (Sebalos, 36), Guterres (Musonda, 55), Petros (Fabian Ruis, 59), Sanabriya, Ruben Kastro.
Ogohlantirishlar: Sexudo (45), Suares (62), Sebalos (68), Ruben Kastro (77).

Granada – Vilyarreal 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 61 Kastilexo, 1:1 – 65 Ponse.
Granada – Ochoa, Fulke, Lomban, Agbo, Tito, Krxin, Markes (Barral, 66), Kuenka, Boga, Toral (Luish Martinsh, 73), Ponse.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Musakko, Ruis, Rukavina, Soriano, Ndiayye, Trigeros, Kastilexo, Sansone (Borre, 77), Pato (Mario Gonsales, 90).
Ogohlantirishlar: Lomban (15), Sansone (28), Ndiayye (46), Trigeros (53), Barral (69).

19 avgust oqshomida turning ikki uchrashuvi o‘tkazilgandi. «Deportivo» «Eybar»ni mag‘lub etgan (2:1), «Malaga» «Osasuna» bilan durang o‘ynagandi (1:1).

Deportivo – Eybar 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 55 Ramis, 1:1 – 69 Moskera, 2:1 – 87, penalti Peres.
Deportivo – Lyuks, Xuanfran, Albentosa, Sidney, Navarro, Moskera, Gilerme (Luizinyu, 68), Xil (Andone, 57), Fajr, Gama (Borxes, 82), Peres.
Eybar – Riyesgo, Kapa, Galves, Ramis, Junka, Rivera, Dani Garsiya, Bebe (Leon, 85), Gonsales (Enrik, 79), Inui (Penya, 74), Kike.
Ogohlantirishlar: Navarro (61), Gama (64), Dani Garsiya (68), Junka (86), Kike (90), Albentosa (90).

Malaga – Osasuna 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 56 Anor, 1:1 – 85 Merida.
Malaga – Kameni, Rosales, Lorente, Kone, Rikka, Kamacho, Resio, Keko (Sharles, 46), Anor, Djoni (Kuzmanovich, 71), Sandro Ramires (Chori Kastro, 78).
Osasuna –    Peres, Flano, Garsiya Subiriya, Flano, Garsiya, Fuentes (Bunyuel, 49), de la Kuevas, Tensa (Merida, 71), Sanxurxo, Riyera, Kodro (Romero, 77).
Ogohlantirishlar: Sanxurxo (17), Keko (40), Tensa (68), Bunyuel (73), Anor (90).

Bugun va ertaga «Atletiko» - «Alaves», «Real Sosedad» - «Real», «Sporting Xixon» - «Atletik», «Selta» - «Leganes» hamda «Valensiya» - «Las-Palmas» uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top