12:28 / 21.08.2016
11224

Neymar: «Endi mening tanqidchilarim o‘z so‘zlarini qaytib olishi kerak»

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Olimpiada finalida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (1:1, penaltilar bo‘yicha 5:4) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Menda hissiyotlarimni ifodalovchi so‘z topilmayapti! Men o‘z sheriklarimga, oilamga va do‘stlarimga rahmatlar aytmoqchiman. Ular hamisha, og‘ir damlarda ham meni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bundan juda xursandman. Bugun biz Braziliya xalqini baxtiyor qildik.

Bu hayotimdagi eng unutilmas lahzalaridan biri bo‘ldi. Men orzumga yetishdim.

Endi mening tanqidchilarim o‘z so‘zlarini qaytib olishi kerak», – deya Neymarning so‘zlarini keltiradi SVS nashri.

Braziliya Germaniya ustidan g‘alaba qozonish orqali ilk marta Olimpiada chempionligiga erishdi.

Turnirning guruh bosqichida JAR va Iroq terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda Braziliya golsiz durang qayd etgach, muxlislar jamoa sardori bo‘lmish Neymardan norozi bo‘lishgan va o‘yinlar vaqtida unga to‘p kelib tushganida "Marta" deya (braziliyalik ayol futbolchi) baqira boshlashgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top