02:10 / 21.08.2016
21210

Hasanboy Do‘stmatov professional shartnoma imzoladi

Riodagi Olimpiada chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘stmatov Janubiy Afrika Respublikasining Golden Gloves promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, professional bokschiga aylandi. Bu haqda ESPN telekanali ma'lum qildi.

Kelishuv shartlari oshkor qilinmagan.  

"Bu yigitga qarab, u bunchalik yaxshiligiga ishonmaysan. Gennadiy Golovkin sharqiy yevropalik bokschilarga G‘arbda superyulduzlar bo‘lishga yo‘l ochib berdi. Biz shu ishni ajoyib bokschi bo‘lgan Hasanboy bilan ham amalga oshirmoqchimiz. U boks tushunchalariga ko‘ra, havaskor emas, balki to‘laqonli bokschidir", deb aytdi Golden Gloves rahbari Rodni Berman.

Bermanning aytishicha, Do‘stmatov professional ringdagi birinchi jangini joriy yilning dekabrida JARda o‘tkazadi, 2017 yilda esa uning 3 ta jang o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top