08:56 / 21.08.2016
22257

Rio-2016 kundaligi, 20 avgust. Kunning barcha medallari

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari ham poyoniga yetmoqda. To‘rt yillikning yirik sport musobaqasi 14-kunida sportchilar 30 to‘plam medallar shodasi uchun kurash olib borishdi.

Jamoalarning norasmiy reytingida AQSh 116ta medal bilan (43/37/36) birinchi o‘rinda mustahkam o‘rnashib olgan. Ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (27/22/17) bormoqda. Yetakchi uchlikni Xitoy (26/18/26) yakunlagan. To‘rtinchi o‘rinda Rossiya jami 53t medal olgan holda (17/17/19) egallagan.

O‘zbekistonlik sportchilar ham shu kuni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirokini davom ettirishdi. 75 kg vazn toifasidagi ishtirok etgan bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev kumush medal oldi. Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 9ta (2ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza) va delegatsiya 32-o‘rinda joylashgan.

Ayni vaqtda medal olgan delegatsiyalar soni 87tani tashkil qilmoqda.

Rio-2016
Rio-de-Janeyro, Braziliya
20 avgust

Golf, ayollar, shaxsiy birinchilik
1. Inbi Pak (Janubiy Koreya)
2. Lidiya Ko (Yangi Zelandiya)
3. Shanshan Fen (Xitoy)

Badminton, erkaklar, yakkalik razryad
1. Chen Lun (Xitoy) 
2. Li Chong Vey (Malayziya)
3. Viktor Akselsen (Daniya)

Baydarka va kanoeda eshkak eshish
200 m, erkaklar, baydarka-yakkalik

1. Liam Xit (Buyuk Britaniya)
2. Maksim Bomon (Fransiya) 
3. Saul Kraviotto (Ispaniya)
3. Ronald Raue (Germaniya)

1000 m, erkaklar, kanoe-juftlik
1. Sebastyan Brendel – Yan Vandrey (Germaniya) 
2. Erlon Silva – Isakias Keyros (Braziliya)
3. Dmitriy Yanchuk – Taras Mishchuk (Ukraina)

500 m, ayollar, baydarka-to‘rtlik
1. Vengriya 
2. Germaniya 
3. Belarus

1000 m, ayollar, baydarka-to‘rtlik
1. Germaniya 
2. Slovakiya
3. Chexiya

Triatlon, ayollar, shaxsiy birinchilik
1. Gven Yorgensen (AQSh) 
2. Nikola Spirig (Shveytsariya)
3. Vikki Xolland (Buyuk Britaniya)

Basketbol, ayollar
1. AQSh
2. Ispaniya
3. Serbiya

Gandbol, ayollar
1. Rossiya
2. Fransiya
3. Norvegiya

Mauntinbayk, ayollar, kross
1. Yyenni Rissveds (Shvetsiya)
2. Maya Vloshchovska (Polsha)
3. Ketrin Pendrel (Kanada)

Suv polosi, erkaklar
1. Serbiya
2. Xorvatiya
3. Italiya

Voleybol, ayollar
1. Xitoy
2. Serbiya
3. AQSh

Futbol, erkaklar
1. Braziliya
2. Germaniya
3. Nigeriya

Boks, ayollar, -51 kg
1. Nikola Adams (Buyuk Britaniya)
2. Sara Oramon (Fransiya)

Boks, erkaklar, -56 kg
1. Robesi Ramirez (Kuba)
2. Shakur Stivenson (AQSh)

Boks, erkaklar, -75 kg
1. Arlen Lopes (Kuba)
2. Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston)

Suvga sakrash, erkaklar, 10 m
1. Chen Aysen (Xitoy)
2. Xerman Sanches (Meksika)
3. Devid Boudia (AQSh)

Badiiy gimnastika, shaxsiy ko‘pkurash
1. Margarita Mamun (Rossiya)
2. Yana Kudryavtseva (Rossiya)
3. Anna Rizatdinova (Ukraina)

Erkin kurash, erkaklar, -125 kg
1. Taxa Akgul (Turkiya)
2. Komil Qosimiy (Eron)
3. Geno Petriashvili (Gruziya)
3. Ibragim Saidov (Belarus)

Erkin kurash, erkaklar, -86 kg
1. Abdulrashid Sadulayev (Rossiya)
2. Selim Yashar (Turkiya) 
3. Sharif Sharifov (Ozarbayjon)
3. Jyeyden Koks (AQSh)

Zamonaviy ko‘pkurash, erkaklar, shaxsiy birinchilik
1. Aleksandr Lesun (Rossiya)
2. Pavel Timoshchenko (Ukraina)
3. Ismael Ernandes Uskanga (Meksika)

Txekvondo, ayollar, +67 kg
1. Chjen Shuin (Xitoy)
2. Mariya Espinosa (Meksika)
3. Jyeki Gellouey (AQSh)
3. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya)

Txekvondo, erkaklar, +80 kg
1. Radik Isayev (Ozarbayjon)
2. Abdulrazzoq Issufu Alfaga (Niger)
3. Chxa Don Min (Janubiy Koreya)
3. Maykon Sikeyra (Braziliya)

Yengil atletika
Balandlikka sakrash, ayollar

1. Rut Beytia (Ispaniya)
2. Mirela Demireva (Bolgariya)
3. Blanka Vlashich (Xorvatiya)

Nayza uloqtirish, erkaklar
1. Tomas Reler (Germaniya)
2. Julius Yyego (Keniya)
3. Keshorn Uolkott (Trinidad va Tobago)

Bosqon uloqtirish
1. Dilshod Nazarov (Tojikiston)
2. Ivan Tixon (Belarus)
3. Voysex Novitski (Polsha)

1500 m, erkaklar
1. Mettyu Sentrovitts (AQSh)
2. Taufik Maxlufi (Jazoir)
3. Nikolas Uillis (Yangi Zelandiya)

800 m, ayollar
1. Kaster Semenya (JAR)
2. Fransin Niyonsaba (Burundi)
3. Margaret Vambui (Keniya)

5000 m, ayollar
1. Mo Fara (Buyuk Britaniya)
2. Pol Kipkemoi Chelimo (AQSh)
3. Xagos Gebrxivet (Efiopiya)

4x400 m, ayollar
1. AQSh
2. Yamayka
3. Buyuk Britaniya

4x400 m, erkaklar
1. AQSh
2. Yamayka
3. Bagama

 

 

 

Top