07:17 / 21.08.2016
10711

Rio-2016, taekvondo. Shokin bronza medal uchun jangda yutqazdi

Taekvondoning 80 kilogrammdan ziyodroq og‘irlikka ega bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Dmitriy Shokin Rio-2016 olimpiadasini medalsiz yakunlaydigan bo‘ldi. 

U bronza medali uchun janubiy koreyalik Cha Dong-Minga qarshi dayanga chiqdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda hisobni Shokin ochishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsada, koreyalik taekvondochi o‘sha zahoti javob zarbasini berdi 1:1. 

Shu bo‘limning o‘zida hakam bahsni to‘xtatganidan keyin Cha Dong-Min zarba berdi va u zarba inobatga olindi. O‘zbekiston vakili murabbiyining shikoyati inobatga olinmadi. Jang so‘nggiga qadar Dimitriy hisobni tenglashtirdi — 3:3.

"Oltin ochko" uchun kechgan so‘nggi bo‘limda raqib sportchisi birinchi bo‘lib aniq zarba berishga muvaffaq bo‘ldi va Shokinni medaldan mahrum qildi.

Shokin yarim final bosqichiga qadar chiqib borgandi. Biroq u o‘zining so‘nggi ikki jangida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mavzuga oid
Top