21:33 / 22.08.2016
7609

"Arsenal" xodimi Vengerning so‘zlaridan arazlab, ishdan ketdi

"Arsenal" jamoasi do‘konlaridan birining xodimi jamoa bosh murabbiyining rejalariga xalaqit qilmaslik uchun ishdan bo‘shamoqchi ekanini e'lon qildi. U Arsen Vengerning transferlar borasidagi rejalariga xalab berishni istamasligini ta'kidlagan. Bu xabar Angliyada rezonans keltirib chiqardi.

"Arizamni qanoatlantirishlaringizni istayman. Men "Arsenal" muxlisiman va katta afsus bilan jamoadan ketayotganini ma'lum qilaman. Mening jamoadagi oxirgi ish kunim - 9 sentabrda bo‘ladi. O‘tgan 2 yilda klub do‘konida chin dildan ishladim. "Arsenal" muxlisi bo‘lgan kishi uchun bu orzu kabi.

Mening ketish haqidagi qarorim jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerning "Lester Siti"ga qarshi o‘yindagi nursiz durangidan keyingi matbuot anjumanida aytgan so‘zlari bilan bog‘liq.

U "Arsenal"ning 600 nafar xodimini nohaq aybladi, u aynan biz tufayli klub yangi futbolchilar sotib ololmayotganini aytdi. Mening yillik daromadi 14 ming funt edi. Uolkott esa 1 haftada bundan 10 barobar ko‘p oladi. Umid qilamanki, men ketishim orqali klub byudjyeti xarajatlari qisqarib, Venger yangi futbolchi sotib olish uchun mablag‘ orttira oladi. Men jamoaga og‘irligim tushishini istamayman. Men ketsam, xodimlar soni avvalgidek 600 emas, 599 nafar bo‘ladi, men esa mehnat birjasiga yo‘l olaman. Omad yor bo‘lsin. Umid qilamanki, menga yaxshi tavsiyalar bera olasizlar. Barchasi uchun rahmat", - deya yozgan nomini sir tutib qolishni istagan muxlis.

Top