09:55 / 22.08.2016
6747

Yevropa Ittifoqi Turkiya fuqarolari uchun vizalarni 1 oktabrdan bekor qilishi mumkin

Foto: BBC

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi agar Anqara barcha zarur shartlarni, shu jumladan aksilterrorchilik qonunchiligini o‘zgartirsa, 1 oktabrdan Turkiya fuqarolari uchun vizalarni bekor qilishi mumkin, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Agar barcha talablar bajarilsa bu 1 oktabrdan kiritilishi mumkin. Shuningdek,  aksilterrorchilik qonunchiligi ziyolilar, general, jurnalist va olimlarni turmaga tiqish uchun ishlatilmasligi kerak", deb aytdi Yunker.  

Yunker, shuningdek, Turkiya hukumati tomonidan Yevropa Ittifoqi talablari bajarilmasa, mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga "aholisiga nima uchun turk xalqi Yevropaga erkin bora olmasligini tushuntirishiga to‘g‘ri kelishini" aytdi.

Mavzuga oid
Top