8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

10:34 / 22.08.2016 3028

Filippin TIV: Mamlakat BMT tarkibidan chiqishni rejalashtirmayapti

Filippin tashqi ishlar vaziri Perfekto Yasayning bayonotiga ko‘ra, rasmiy Manila mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertening so‘zlariga qaramay, BMTdan chiqish niyatida emas.

Bundan  avvalroq, prezident Duterte Filippindagi giyohvand moddalar savdogarlariga qarshi kurash chog‘ida politsiya tomonidan ko‘plab qotilliklar sodir etilayotgani tanqid qilinganiga javoban, Filippin BMTdan chiqishi mumkinligini aytgan edi. Siyosatchi shuningdek, BMTni o‘z vazifasini bajarmayotganlikda ayblagandi. 

"Biz, garchi xalqaro tashkilotning tanqidiga uchragan bo‘lsak-da, BMTga sodiqmiz", — degan Yasay matbuot anjumanida. Uning aytishicha, Dutertening so‘zlarini "chuqur afsus va xafalik" ma'nosida qabul qilish lozim.

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte giyohvandlar va shu kabi moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi keng qamrovli kurash tarafdori bo‘lib, uning lavozimiga kirishganidan beri o‘tgan 2 oy davomida 900ga yaqin gumondor o‘ldirilgan. 

Top