15:41 / 22.08.2016
7255

Fitch Turkiyaning xalqaro reytingini o‘zgartirdi

Fitch xalqaro reyting agentligi Turkiyaning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli defolt emitentini "VVV-" deya baholadi. Agentlik xabarida aytilishicha, prognoz "barqaror"dan "salbiy"ga o‘zgartirilgan.

Bundan tashqari, Fitch "VVV" suveren reytingining eng yuqori nuqtasi va xorijiy va milliy valyutadagi qisqa muddatli defolt emitenti "F3" ni ham tasdiqlagan.

"Iyul oyi o‘rtasida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinish siyosiy barqarorlikka nisbatan tahdidlar mavjudligini tasdiqlaydi. Hukumat, isyonga qarshi tozalash bilan javob bermoqda. 70 mingga yaqin davlat xizmatchisi vazifasidan ozod etilgan", -deyiladi xabarda. 

"Siyosiy beqarorlik, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga salbiy ta'sir etadi va iqtisodiy siyosatda o‘z aksini topadi", - deb ta'kidlashmoqda agentlik ekspertlari. 

Fitch agentligining fikricha, harbiy isyon mamlakat xavfsizligiga salbiy ta'sirini ko‘rsatgan, bu o‘z navbatida sayyohlik sohasidan keladigan daromadning kamayishiga sabab bo‘lgan. Bu raqam, 2016-yilning birinchi yarim yilligida yillik hisobda 41 foizga pasaygan. Bugungi kunda, mamlakat YaIMning 3 foizini sayyohlikdan tushgan daromad tashkil etmoqda. 

"Rossiya bilan munosabatlarning tiklanishi bu sohada birmuncha o‘sishni ta'minlashi mumkin, biroq xavfsizlik shartlari yaxshilanmas ekan, sayyohlik sohasining to‘liq tiklanishi ehtimoli kam". 

Shu bilan birga, Fitch Turkiyada siyosiy beqarorlikning chuqurlashuvi va yoki saqlanib qolishi bilan uning reytingini pasaytirishi mumkin. Shuningdek, "geosiyosiy jarayonlar" iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ham salbiy ta'sirini ko‘rsatishi aniq. 

Reytingni yana "barqaror" tasnifiga qaytarish masalasi mamlakatdagi vaziyat hamda jamoat xavfsizligi tiklanishiga bog‘liq. Turkiya iqtisodiyotidagi tuzilmaviy tanqislikka barham beruvchi islohotlar ham reytingga ijobiy ta'sir eta oladi. 

Fitch tahlilchilari Turkiya YaIM 2016-yil yakunlariga ko‘ra 3,4 foizga o‘sishini taxmin qilmoqdalar.

Mavzuga oid
Top