17:54 / 22.08.2016
29138

Fotogalereya: Riodagi eng hayajonli jang va eng hayajonli chempion

Foto: «Jaxon» AA

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Fazliddin G‘oibnazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 64 kilogramgacha bo‘lgan vazn toifasida kuch sinashgan sportchi 2:1 hisobi bilan ozarbayjonlik Kollazo Sotomayor ustidan g‘alaba qozondi.

Quyida uning jangi, hayajonli daqiqalar tasvirlarini yana bir bor eslab o‘tamiz.

Bu jang turnir sensatsiyasiga aylandi. O‘zbekiston delegatsiyasi olimpiadaning oxirgi kuni bahslari arafasida 9ta medal (2ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza) va delegatsiya 32-o‘rinda joylashgandi. Oxirgi kundagi imkoniyatlardan esa maksimal ravishda foydalanildi va medallar soni 13taga yetkazildi (4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza).

Fazliddin G‘oibnazarov o‘z jangida g‘alaba qozongan holda O‘zbekiston bokschilarini birinchi o‘ringa, O‘zbekiston delegatsiyasini esa medallar hisobi bo‘yicha umumiy reytingda 21-o‘ringa olib chiqishi mumkin edi. Borini maydonga tashlagan va oxirgi soniyalarga qadar tinim bilmay kurash olib borgan Fazliddin G‘oibnazarov bu vazifani to‘la-to‘kis bajardi.

Jangning birinchi raundida hakamlar ustunlikni Ozarbayjon vakiliga berishdi. Ikkinchi raund G‘oibnazarovning to‘la ustunligida o‘tdi va umumiy hisob tenglashdi. Uchinchi raund tugaganida esa sportchilar ham, muxlislar ham natijalar e'lon qilinishini intiqib kutishdi va G‘oibnazarov g‘olib deb e'lon qilingach, bayram boshlandi.

Top