14:59 / 22.08.2016
5214

Hindistondagi suv toshqinlari qurbonlari soni 40 nafarga yetdi

Hindistonning markaziy va sharqiy qismida ro‘y bergan suv toshqinlari tufayli kamida 40 kishi halok bo‘lgan. Evakuatsiya qilinganlar soni 100 ming nafardan oshgan. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar berdi.

Bundan avvalgi xabarlarda 17 qurbon haqida aytilgandi.

Kuchli yomg‘irlar bir necha kundan buyon davom etmoqda. Keyingi ikki kunda Ganga daryosi va irmoqlari qirg‘oqlaridan toshgan.

20 avgust kuni Madxya-Pradesh shtatida uy qulashi oqibatida bir oilaning olti a'zosi halok bo‘ldi. Yana olti kishi qo‘shni Uttar-Pradesh shtatidagi Mirzapur shahrida avtomobilning ariqqa tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Shu shtatning Banoras shahrida yana uch kishi qulagan uy ostida qolib ketdi.

Yomg‘irlar 20 uyning qulashiga olib keldi, uch kishi jarohat oldi. Tabiiy ofatdan eng jiddiy aziyat chekkan tumanlarda qutqaruvchilar ishlamoqda.

Mavzuga oid
Top