13:31 / 22.08.2016
8047

«Qrim bahori» ishtirokchisi lavozimidan chetlashtirildi

Qrim parlamenti o‘zining navbatdan tashqari sessiyasida Nikolay Yanakini respublika bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Deputatlar u egallab turgan lavozimga bundan avval Pervomaysk tumani rahbari bo‘lib ishlagan Yuriy Gotsanyuk nomzodini tasdiqlagan. 

Qayd etilishicha, bosh vazir o‘rinbosarini iste'foga chiqarish va yangisini tayinlash to‘g‘risidagi taklif respublika rahbari Sergey Aksyonov tomonidan bildirilgan. 

Yanaki «Qrim bahori»ning faollaridan biri bo‘lgan. U, 2014-yil martidan bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan edi. 

Top