11:22 / 22.08.2016
11505

Nukusda "Istiqlol farzandlari" yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan 20-avgust kuni Nukus shahrida "Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!" shiori ostida "Istiqlol farzandlari" yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

IMG_0715

Dastlab, festival ishtirokchilari "Motamsaro ona" haykaliga gulchanbar qo‘yishadi.

IMG_0738

IMG_0765

Festivali doirasida “Go‘zal va be'takrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” mavzusida rasmlar tanlovi tashkillashtirildi.

IMG_0624

IMG_0646

Shuningdek, ushbu mavzuda insholar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi va unda yosh ijodkorlar faol ishtirok etishdi.

IMG_0927

IMG_0924

“Yoshlar markazi” ning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning Ona Vatanimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”nomli asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

IMG_0803

IMG_0809

Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi “Nuroniy” jamg'armasi raisi Sh. Usnatdinov, Qoraqalpog'iston Respublikasi “Ma'naviyat targ'ibot” markazi raisi Sh. Ayapov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi raisi A.Daniyarovlar yoshlarga kitobning har bir bandi ma'naviy tarixiy mazmunga ega ekanligini ta'kidladi.

IMG_0819

Shundan so‘ng, “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risada”gi Qonunning yangi tahriri muhokama qilindi

IMG_0906

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya Vazirligi ”Targ‘ibot va huquqiy ma'rifat” bo‘limi yetakchi maslahatchisi Isatay Aldabergenov qonunning yangi tahririn tahlil etib yoshlarga tushuntirib o‘tdi.

IMG_0917


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi binosida senator va deputatlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

IMG_5701

IMG_5728

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi qo‘mita raisi B.Nurabullayev yoshlar bilan suhbati davomida Joqarg‘i Kenges faoliyati bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.

IMG_5742

IMG_5715

Joqarg‘i Kerngesdan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi binosi va u yerda ish jarayonlari bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi.

IMG_5754

IMG_5758

IMG_5764

Festival ishtirokchilari uchun Qoraqalpoq xalqining o‘tmishi, ota-bobolaridan meros durdona buyumlarini o‘zida jamlagan, faqatgina qoraqalpoq xalqinigina emas balki dunyo xalqlarini etiborini o‘ziga tortib kelayotgan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyiga “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” shiori ostida sayohat tashkil qilindi.

IMG_5801

IMG_5811

IMG_5800


Festival yakunidaa gala-konsert tashkillashtirildi.

IMG_5857

Unda 600 nafar yoshlarga qoraqalpoq estrada yulduzlari o‘zlarining eng sara qo‘shiqlarini ijro etib, barchani raqsga taklif etishdi.

IMG_5898

Shu tariqa, Nukus shahrida o‘tkazilgan "Istiqlol farzandlari" yoshlar festivali ko‘tarinki ruhda o‘z yakuniga yetdi.

IMG_5854

Furqat Yusupov tayyorladi

Manba:  KRuz.uz

Top