23:39 / 22.08.2016
10789

Turk harbiylari IShID jangarilari va kurdlarga zarbalar berdi

Turk harbiylari Suriya shimolidagi IShID jangarilari va kurd xalq mudofaasi kuchlari pozitsiyalariga zarbalar berdi. Bu haqda NTV telekanali ma'lum qildi.    

Ma'lum qilinishicha, Turkiya Suriyaning Jarabulus shahri yaqinidagi IShID terrorchilari pozitsiyalari va Manbij shahrida kurd qurollangan tuzilmalariga gaubitsalardan zarbalar bergan.

Avvalroq Turkiya aviatsiyasi Kurdiston ishchi partiyasi pozitsiyalariga zarba bergandi. Bu operatsiya mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinish sodir etilgandan keyin birinchisi bo‘lgan. 

 

Top