18:54 / 22.08.2016
8224

Uchquduqda tibbiyot birlashmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida Navoiy viloyati Uchquduq tumani tibbiyot birlashmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sog‘lom ona va bola yilida 7 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan muassasa 60 o‘ringa mo‘ljallangan. “Altintau qurilish” va “Zarafshon ovozi” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tomonidan bunyod etilgan shifo maskanidagi yuqumli kasalliklar, shoshilinch yordam, jarrohlik, bolalar, ginekologiya va tug‘ruqxona bo‘limlari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. 

– Yangi muassasa tumanimiz aholisi uchun ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi, – deydi tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Zafar Rasulov. – Bu yerda bemorlarga aniq tashxis qo‘yish uchun eng so‘nggi rusumdagi rentgen, UZI, EKG uskunalari o‘rnatilgan. Shuningdek, Mingbuloq va Shalxar qishloq vrachlik punktlarida keng ko‘lamli qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilgani aholiga malakali xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

 

Top