19:28 / 22.08.2016
22557

Ukraina bosh prokuraturasi Putin va Medvedevga qarshi ish ochmoqchi

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko shuni ma'lum qildiki, prokuratura Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda bosh vazir Dmitriy Medvedevga nisbatan jinoiy ish ochish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda "112 Ukraina" telekanalida ma'lum qilingan.

"Ishlayapmiz", deya javob qilgan u bu boradagi savolga javoban.

Bundan oldinroq Ukraina bosh prokuraturasi 18 nafar rossiyalik yuqori martabali amaldordan, shu jumladan Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygudan jinoyatlar amalga oshirishda gumon qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Top