09:14 / 22.08.2016
21109

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi nihoyasiga yetdi

Bugun tongda Rio-de-Janeyroda kechgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim Marakana stadionini to‘ldirgan muxlislar qarshisida va kuchli yomg‘ir ostida o‘tkazildi.

Olimpiya mash'alasi. 

Taqdimotda qadimgi odamlar chizgan qoyatosh yozuvlari ham namoyish etildi.

Ishtirokchilar yonadigan krossovkalar bilan muxlislarni hayratga solishdi.

Stadionda Rio Olimpiadasidagi eng yodda qolarli voqealar rolik sifatida namoyish etildi. Braziliyaliklar uchun, ayniqsa, futbol musobaqasi finalidagi Neymarning goli xush keldi.

Yopilish marosimida odatga ko‘ra marafonchilarga medallar topshirildi.

Tokio-2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarining 11-daqiqalik kichik taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Rolikda suzish bo‘yicha 2 karra Olimpiada chempioni Kosuke Kitadzima ishtirok etgan. Rolik “Tokioda uchrashuguncha” so‘zlari bilan yakunlandi. So‘ngra XOQ prezidenti Tomas Bax Olimpiya bayrog‘ini Tokio meriga topshirdi.

“Olimpiya-atletlari ajoyib chiqishlarni namoyish qilishdi. Siz sportning bor kuchini ko‘rsatib, barchaga “Dunyoda tinchlik hukmron bo‘lishi kerak” degan xabar yubordingiz.

Riodagi 16 olimpiya kunidan so‘ng O‘yinlarni yopiq deb e'lon qilaman. Barcha yoshlarni Tokio-2020 Olimpiadasini kutib olishga chaqiraman. Rio, uchrashguncha!”, – XOQ prezidenti Bax.

Top