20:40 / 23.08.2016
10670

AQSh jurnali Sankt-Peterburgni dunyoning eng romantik joylari qatoriga kiritdi

Sayyohlar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik jurnal – AQShning Travel+Leisure jurnali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrini dunyoning eng romantik joylari ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda nashr saytida ma'lum qilindi. 50 ta joydan iborat reytingda o‘rinlar berilmaydi.

Jurnal muharrirlari Sankt-Peterburning "syurrealistik go‘zalligini" qayd qilib o‘tishdi. Bu go‘zallik ayniqsa qishda sezilarli bo‘ladi. Muharrirlar Peterburgning arxitekturasini "ertaknamo" deb atashgan. 

Ro‘yxatga, shuningdek, Marokashning Fes shahri kiritildi. Bu shahar o‘zining hashamatli mehmonxonalari va restoranlari bilan ajralib turadi. Jurnal bu shaharni Marokashning "qalbi" deb atagan.

Ro‘yxatdan, shuningdek, Nyu-York, Uidbi oroli (AQSh, Vashington shtati), Kaliforniyadagi Napa vodiysi, Fransiyaning Shassinol kommunasi, Tellurayd tog‘-chang‘i kurorti (AQSh, Kolorado shtati), Savanna shahri (AQSh,  Jorjiya shtati), Ispaniyaning Granada shahri, Italiyaning Viko-Ekuense aholi punkti, Tinch okeanidagi Bora-Bora oroli va boshqa joylar o‘rin oldi.

 

Mavzuga oid
Top