20:18 / 23.08.2016
9657

Bild nashri rossiyalik paralimpiyachilarning chetlatilishini xursandchilik bilan kutib oldi

Germaniyadagi Bild tabloidi rossiyalik sportchilarning Paralimpiada o‘yinlariga qo‘yilmaganini xursandchilik bilan kutib oldi.

"Hech bo‘lmasa Riodagi Olimpiya o‘yinlarining ikkinchisi Rossiyasiz o‘tadi! Vladimir Putinning nogiron sportchilariga Rioga borishga ruxsat berilmadi", — deyilgan nashr xabarida.

Maqola shunday nomlangan "Sud nihoyat Rossiyani Riodan uloqtirib tashladi (Gericht schmeißt Russen endgültig aus Rio raus)".

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (IPS) Butunjahon aksildoping agentliginining (WADA) tavsiyasiga binoan rossiyalik sportchilarni Rio Paralimpiadasidan chetlashtirgandi.

Rossiya tomoni Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilgandi, ammo bugun sud XPQning qarorini ma'qulladi.

Bild germaniyalik paralimpiyachilardan biri Markus Remning so‘zlarini keltirgan.

"Bir tomondan doping ishlatmaga sportchilarga achinaman. Rossiya terma jamoasida qoni toza sportchilar ham bor. Ular uchun bu qaror — shafqatsizlik. Boshqa bir tomondan esa men bu qarorni juda-juda to‘g‘ri deb hisoblayman", — degan u. Uning aytishicha, XPQ "Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan ko‘ra jasurroq"".

Yana bir paralimpiyachi-chempion, yengil atletikachi Genrix Popov esa Bild nashriga bildirishicha, u bu borada qat'iy usullar qo‘llash tarafdori, Rossiyaning chetlatilishi — dopingga qarshi kurashdagi katta qadamdir.

"Lekin bu birinchi va oxirgi qadam bo‘lsa, bu to‘g‘ri emas. Men dopingdan foydalanadigan boshqa davlatlar ham borligini bilaman", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Bild nashri doping mojarosi fonida Rossiya olimpiya terma jamoasiga boykot e'lon qilgandi. Nashr Rossiya olimpiya terma jamoasining Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridagi medallar hisobini yuritmadi va natijalari haqida ma'lumot bermadi.

Nemislar yakuniy ro‘yxatni tuzishda ham shu qarorlarida turishdi: nashrdagi ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni egallagan Rossiya delegatsiyasi tashlab o‘tildi va uchinchi o‘rindagi Xitoydan  keyin beshinchi o‘rindagi Germaniya joylashdi.

2012 yilgi Paralimpiya o‘yinlarida Rossiya vakillari 36ta oltin medal bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi. 2014 yilgi Qishki Paralimpiadada esa rossiyaliklar 30ta oltin medal bilan birinchi o‘rindan joy olishgan.

Mavzuga oid
Top