23:42 / 23.08.2016
9524

OAV: Hindiston Xitoy bilan chegarasida raketalar joylashtirmoqchi

Hindiston qurolli kuchlari Xitoy bilan chegarasida tovushdan tez uchuvchi eng yangi qanotli raketalar BrahMos’ni Xitoyning xavotiriga qaramay joylashtiradi.

Bu haqda Xavfsizlik mudofaa vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanali xabar bermoqda. 

Avgust boyishda Hindiston hukumati mudofaa vazirligining Xitoy bilan chegarada raketalarni joylashtirish taklifini ma'qullagandi. Joriy haftada Xitoy armiyasi vakili bu qarordan xavotirlanish bildirgan va raketalar Tibet va Yunnanga jiddiy xatar solishini aytgan. 

Raketalarni Arunachal-Pradesh shtati hududida joylartirishmoqchi. Bu raketalar yangi modifikatsiyadagi BrahMos raketalari bo‘lib, ular tog‘li hududlardagi nishonlarni yuqori aniqlik bilan yo‘q qila oladi. Xitoy chegarasida raketa divizioni va 100 tadan raketasi bo‘lgan 5 ta mobil o‘q otish uskunalarini joylashtirish rejalashtirilmoqda.

BrahMos qanotli raketasi Hindiston mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti va Rossiyaning "NPO Mashinostroyeniya" korxonasi tomonidan yaratilgan. Bu korxonalar 1998 yilda BrahMos Aerospace deb nomlangan kompaniya yaratishgan. Raketaning nomlanishi ikkita daryo – Braxmaputra va Moskva-reka nomidan tuzilgan.

Raketa tovush tezligidan 3 marta kattaroq tezlikka erisha oladi. Hozirda raketaning tovush tezligidan 6 marta tezroq ucha oldigan yanada takomillashgan modeli sinovdan o‘tmoqda. Raketa 290 km uzoqlikka ucha oladi va 200 dan 300 kggacha og‘irlikdagi jangovor kallakni olib yura oladi. 

 

Top