18:27 / 23.08.2016
11583

Olimlar: Puflab chalinuvchi cholg‘u asboblari inson salomatligi uchun o‘ta xavfli bo‘lishi mumkin

Volinka (rus xalq cholg‘u asbobi) musiqa chaladigan insonlar salomatligi uchun o‘ta xavfli bo‘lishi mumkin. Uittensheyvdagi Manchester shifoxonasining shifokorlari shunday xulosaga kelishdi. Maqola Thorax jurnalida chop etildi.

Olimlar yetti yil davomida quruq yo‘tal va nafas qisilishidan aziyat chekkan, so‘ngra ahvoli og‘irlashib, shifoxonaga yotqizilgan volinkachining kasalligini ta'riflab berishdi.

U yerda musiqachiga kam uchraydigan tashxis: «Ekzogen allergik alveolit» —  bu qushlar yoki pichan bilan bog‘liq ishda faoliyat ko‘rsatuvchi kishilarda uchraydigan kasallik. Bu kasallikni havodan nafas olayotganda organizmga kiruvchi zamburug‘lar sporasi keltirib chiqaradi.

Musiqachi Avstraliyaga ketishidan avval o‘z asbobini uzoq vaqtga uyda qoldirgach, shifokorlar barcha muammo volinkada yashiringanini aniqlashdi.   Volinka qopchasidan namuna olib, shifokorlar unda mog‘or va zamburug‘lar topishdi. Darmonsizlik sababi ma'lum bo‘ldi, biroq u tez orada kasallikning o‘pkaga o‘tib ketishi tufayli vafot etdi. 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab dam berib chalinuvchi asboblarda ham yuqoridagi kabi tahdid bor.

«Shu sababli puflab chalinuvchi asboblar iliq va nam bo‘lgani tufayli mog‘or va zamburug‘lar uchun eng yaxshi joy bo‘la oladi», —deya qayd etdi maqola muallifi Jyenni King.

Xuddi shunga o‘xshash kasallik saksafon va trombon chaluvchi insonlarda ham qayd etilgan.

Mavzuga oid
Top