14:41 / 23.08.2016
10252

Volkswagen 7 o‘rinli krossoverining niqobsiz suratlari paydo bo‘ldi

Xitoyning Autohome nashri Volkswagen kompaniyasining 7 o‘rinli krossoveriga tegishli josuslik suratlarini namoyish etdi. Taxminlarga ko‘ra, u Teramont deb nomlanishi mumkin. Avtomobilning rasmiy taqdimoti noyabr oyida Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tadigan avtoko‘rgazmada tashkil etiladi. 

Suratlardan ko‘rish mumkinki, Volkswagen Teramont 2013-yili Detroyt avtoshousida namoyish etilgan CrossBlue kontsept yo‘ltanlamasi uslubida ishlab chiqiladi. Uning ichki ko‘rinishi ikkinchi avlod Tiguan krossoverinikiga o‘xshaydi. 

Krossover MQB platformasining uzunroq namunasi negizida ishlab chiqiladi. Unga benzinli va dizelli 4 silindrli hamda 6 silindrli motorlar o‘rnatiladi. 

Bundan avvalroq, Germaniya avtomobilsozlik kompaniyasi yana bitta 7 o‘rindiqli mashinani ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama etayotgani xabar qilingan edi. Uni yangilangan Amarok pikapi platformasida barpo etish rejalashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, 2 yillardan keyin paydo bo‘ladigan yangi yo‘ltanlamasga 3 litrli V6 dizel motori o‘rnatiladi.

 

Top