18:47 / 24.08.2016
15965

Erdo‘g‘an Gulenni topshirmaslik oqibatiga oydinlik kiritdi

AQSh ma'muriyatining turk muxolifati namoyandasi Fathulloh Gulenni Turkiyaga topshirishni rad etishi, Anqara va Vashingtonning strategik hamkorligiga putur yetkazadi, degan fikrni bildirgan Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

"AQSh bilan aloqalarimiz strategik hamkorlik darajasida. Gulenni topshirmaslik esa, unga foyda keltirmaydi", — degan Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishida. 

Eslatib o‘tamiz, 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyaning bir guruh harbiylari davlat to‘ntarishiga urinishni amalga oshirishgan edi. Rasmiy Anqara bu ishlarda Fathulloh Gulen va uning tashkilotini gumon qilmoqda.


 

Top