8356.18 USD +19.11

9582.03 EUR +83.61

124.97 RUB +1.61

10730.2 GBP +120.41

19:53 / 24.08.2016 12608

Erkin A'zam O‘zbekiston xalq yozuvchisi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.

Unga ko‘ra, «Tafakkur» jurnali bosh muharriri, «Chapaklar va Chalpaklar mamlakati», «Otoyining tutilgan yili», «Chiroqlar o‘chmagan kecha», «Kechikayotgan odam», «Bayramdan boshqa kunlar», «Javob» kabi asarlar to‘plamlari muallifi Erkin A'zam "O‘zbekiston xalq yozuvchisi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Siddiqova Enaxon Abdurahimovna «O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘ldi.

Top