21:14 / 24.08.2016
8033

Jangarilar Kobuldagi Amerika universitetiga hujum qilishdi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Amerika universitetida kuchli portlash ro‘y berdi va binoga jangarilar bostirib kirishdi. Hududda otishma ovozlari eshitilgan.

CBS News telekanalining mamlakat IIV bayonotiga asoslanib xabar berishicha, hujum arafasida universitet ichkarisida yuzlab talabalar va o‘qituvchilar bo‘lgan. Ularning ko‘pchilik qismi orqa eshiklardan chiqishga ulgurishgan. Bino ichida yana o‘nlab kishi qolib ketgan.

Voqea joyiga maxsus kuchlar yetib kelgan.

Amerika universitetiga 2004 yilda asos solingan bo‘lib, bu muassasa mamlakatdagi yagona xususiy oliy o‘quv yurti hisoblanadi.

Hozircha hech qaysi tashkilot ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Mavzuga oid
Top