8378.18 USD +22.00

9518.45 EUR -63.58

126.33 RUB +1.36

10785.2 GBP +55.06

14:29 / 25.08.2016 10294

100 yoshdan oshgan 14 nafar kishiga "Shuhrat" medali berildi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 24 avgust kungi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga binoan 14 nafar 100 yoshdan oshgan o‘zbekistonlik "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.

“Turli viloyatlardan yoshi 100dan oshgan 12 onaxon va 2 nafar otaxonlar, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi arafasida bilan “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi”, — deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida. 

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ushbu qarorda, o‘z mehnati bilan xalq orasida obro‘ qozongan turli sohalarning ilg‘or mutaxasisslarini ham taqdirlagan. Ularga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor, irrigator, chorvador, pillachi, sanoat xodimi, quruvchi, transport xodimi, aviatsiya xodimi va aloqa xodimi unvonlari berilgan.    

“Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlaridagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa va qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin”, — deyilgan qaror matnida.

Taqdirlanganlar ro‘yxati:
Otaliqova Hayitxon - Andijon shahri, Andijon viloyati;
Yesemuratova Olmaxon - Chimboy tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Isayeva Nishon - Baxmal tumani, Jizzax viloyati;
Isroilov Ismoil - Yunusobod tumani, Toshkent shahri;
Madaipova Munavvar Ashurali qizi - Guliston tumani, Sirdaryo viloyati;
Mustafoyeva To‘y - Peshku tumani, Buxoro viloyati;
Pirmatova Xursanoy - Yangiyo‘l tumani, Toshkent viloyati;
Pirmatova Moriyaxon - Namangan tumani, Namangan viloyati;
Rustamov Maqsad - Payariq tumani, Samarqand viloyati;
Ro‘zmetova Yoqut - Xonqa tumani, Xorazm viloyati;
To‘rayev Hayit - Oltinsoy tumani, Surxondaryo viloyati;
Umarova Huvayda - Buvayda tumani, Farg‘ona viloyati;
Ergasheva Huroy - Nurota tumani, Navoiy viloyati;
Yusupova Uroloy - Nishon tumani, Qashqadaryo viloyati.

“Nuroniy” jamg‘armasi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunda yoshi 100dan oshgan 8700 kishi istiqomat qilmoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 2015 yilning may oyidan boshlab 100 yoshdan oshgan keksalarga eng kam ish haqi – 130 245 so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilgan.

Top