Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Yevromavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi aniqlandi
22:36 / 25.08.2016
4448

UYeFA Monako shahrida bo'lib o'tgan YeChLning guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimida Yevropaning 2015/2016 yilgi mavsumdagi eng yaxshi ayol futbolchisini aniqladi.

Norvegiyalik 21 yoshli futbolchi Ada Xegerberg mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Unga bu borada fransiyalik Amandin Anri hamda germaniyalik Jyenifer Marojan raqobat qilgandi. G'olib ayollar futbolini yoritadigan nashrlar vakillari bo'lgan 20 nafar jurnalist tomonidan aniqlangan.

Ma`lumot uchun, ushbu futbolchi Fransiyaning "Lion" jamoasi safida ayollar o'rtasidagi Yevropa chempionlar ligasini qo'lga kiritdi.

Top