09:52 / 25.08.2016
4108

Kobuldagi Amerika universitetiga hujum qurbonlari soni 12 kishiga yetdi

Foto: Reuters

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Kobuldagi Amerika universitetiga hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishini, jarohatlanganlar soni 44 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Huquq-tartibot muassasalari vakili Faridun Obodiyning ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida 7 talaba, 3 politsiyachi va 2 qo‘riqchi bor. Jarohatlanganlarning aksariyati, ya'ni 35 nafari talabalarni tashkil qilmoqda.   

Avvalroq hujum oqibatida bir talaba halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, huquq-tartibot muassasalari xodimlari bosqinchlarni yo‘q qilgan.

Mavzuga oid
Top