13:37 / 25.08.2016
8644

Lukashenko Hollivud aktyori Stiven Sigalni mehmon qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Hollivud aktyori Stiven Sigalni norasmiy sharoitda qabul qildi. Bu haqida "BelTA" agentligi ma'lum qildi. 

Sigal Minskka Wargaming belarus kompaniyasi bilan World of Warships kompyuter o‘yinini yaratish bo‘yicha maslahatlashish uchun tashrif buyurdi. Shundan so‘ng u Aleksandr Lukashenkoning shahar tashqarisidagi qarorgohiga yo‘l oldi. 

Belarus prezidenti aktyorga esdalik uchun kitob va zig‘irdan yaratilgan mato sovg‘a qildi. So‘ngra ular dalaga chiqishdi, bu yerda Lukashenko Sigal uchun shaxsan o‘zi sabzi tozalab berdi. 

"Yoqimli ishtaha! Bu juda foydali", - dedi davlat rahbari g‘amxo‘rlik bilan. 

Lukashenkoning o‘g‘li Nikolay mehmonga tarvuz keltirdi. Kechki ovqatga Sigalni okroshka, yog‘, karam va qo‘ziqorinlar bilan siylashdi.

"Belarus tabiiy taomlari amerikalik mehmonlarni befarq qoldirmadi", - deydi Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont.

Top