22:43 / 25.08.2016
6567

Obama prezidentlik muddati tugaguncha Guantanamo turmasini yopmoqchi

AQSh prezidenti Barak Obama terrorchilikda gumon qilinganlar saqlanuvchi Kubadagi Guantanamo harbiy turmasini o‘z prezidentlik muddati tugaguncha yopmoqchi.

Bu haqda matbuot-anjumanida Obama ma'muriyati rasmiy vakili Josh Ernest ma'lum qildi. Uning aytishicha, Oq uy qo‘yilgan vazifani bajarish niyatida.

"Biz turmani yopish uchun barcha ishni amalga oshiramiz", deb aytdi Ernest.

Obama o‘z lavozimini 2017 yil yanvarda tark etadi.

 

Top