07:53 / 25.08.2016
7139

Oq uy Turkiyani Suriya bilan chegarani yopishga chaqirdi

AQSh rahbariyati Turkiya hukumatini Suriya, xususan Jarablus shahri joylashgan Halab viloyati bilan chegarani yopishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Turkiya va AQSh qurolli kuchlari shaharni IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya davomida u yerga aviazarbalar bergan.

"AQSh turklarni qat'iy choralar ko‘rishga va ma'lum muddatga Turkiya va Suriya o‘rtasidagi chegarani yopishga chaqirdi", deb aytdi Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest.

Halab viloyati Suriya-Turkiya chegarasidan taxminan bir kilometr uzoqlikda joylashgan.

Avvalroq Turkiya armiyasi Suriya hududiga chegara yaqinidagi Jarablus shahrini jangarilardan ozod qilish uchun bostirib kirgani ma'lum qilingandi.

 

Top