14:14 / 26.08.2016
12657

Bosforning uchinchi mo‘'jizasi: Yovuz Sulton Salim ko‘prigi

Aholisi ko‘pmillion kishilik bo‘lgan Istanbul va Turkiyaning shimoliy transport tizimi 26 avgust kuni hukumat tomonidan ajoyib sovg‘a bilan taqdirlanadi. 15 millionli megapolis Bosfor bo‘g‘ozi uzra uchinchi ko‘prikni qabul qilib oladi.

Yovuz Sulton Salim ko‘prigi shaharning Yevropa va Osiyo qismini o‘zaro bog‘lab turadi. U har kun ikki millionga yaqin avtoulov qatnovi bo‘ladigan Istanbul transport arteriyasi vazifasini o‘tashi kerak.

Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an, bosh vazir Binali Yildirim, transport vaziri va hukumatning boshqa ko‘plab a'zolari ishtirok etadi. Horijiy mehmonlardan Bahrayn qiroli shayx Hamad bin Iso Al Xalifa, Bosniya va Gertsegovina Prezidiumi raisi Bakir Izetbegovich, Makedoneya prezidenti Gerge Ivanov, Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov, shuningdek, ushbu davlatlarning transport vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Bosfor ustidan o‘tuvchi uchinchi ko‘prikning ishchi nusxasi yo‘q, ammo u dunyo amaliyoti uchun o‘zining ajoyib yechimlarini taqdim etishiga umid bildirilgan. Ko‘prikning uzunligi 1408, eni esa 59 metrni tashkil etadi. Unda avtoulovlar harakati uchun sakkiz yo‘lak  va ikkita temir yo‘l yo‘nalishi ishga tushirilgan. Sulton Salim ko‘prigining ikki ustuni dengiz sathidan 322 metr balandlikda joylashtirilgan. Turkiya-Italiya konsorsiumi bo‘lmish IC ctas - Astaldi JV’ning ma'lum qilishicha, ko‘prik o‘zining butun ko‘rinishi bilan jahon maqomiga to‘liq javob bera oladi.

Ko‘prikning rasmiy qurilish ishlari 2013 yilda boshlangan edi. Qurilishga 3 mlrd dollar mablag‘ ketganligi aytilmoqda. U to‘liq holda konsorsiumning xususiy investitsiya mablag‘lari evaziga moliyalashtirilgan.

Qatnov yo‘li, infraqurilma, yashil hududlarni tashkil etish va shu kabi ishlarga jami hisobda 6 mlrd dollar mablag‘ sarflangan.

Ko‘prikdan har kunlik hisobda 135 mingta yengil va yuk mashinalari o‘tishi taxmin qilingan. Ushbu kafolatni konsorsiumga davlat bergan. Ko‘prikda harakatlanish pulli bo‘lib, Yevropa qismidan Osiyoga o‘tish yengil mashinalar uchun 3,4 dollar, yuk mashinalari uchun esa 15 dollarni tashkil etadi. Osiyodan Yevropa qismiga o‘tish esa bepul.

Top