17:25 / 26.08.2016
7217

Freie Welt: Nemis OAV uchun Vashington kayfiyati Berlinnikidan muhimroq

Nemis OAV hamon sovuq urush davri merosidan qutula olmay, G‘arb tashviqoti uchun ishlashda davom etayapti, deb yozmoqda Freie Welt. Bundan tashqari, Germaniya televideniyesi va matbuoti, GFR siyosatini YeI va NATO yo‘nalishidan o‘zgartirmasligini nazorat qiluvchi to‘rtinchi hokimiyatdek tutadi. Bunda, nemis jurnalistlari uchun Vashingtondagi kayfiyat, Berlinda ular haqida qanday fikrda bo‘lishlaridan muhimroq, deb qayd etgan maqola muallifi. 

Nemis OAV Germaniyada Rossiya haqida salbiy qarashlarni shakllantirish barobarida mamlakat biznesi va siyosatchilariga ta'sir ko‘rsatmoqda, deb uqdiradi Freie Welt. 

Kantsler Angela Merkel va tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer Rossiya rahbari sha'niga keskin tanqidiy fikrlarni bildirishda davom etayapti. Gazeta va jurnallar, telekanallar keskin sarlavhalarni tanlamoqda.


 

Top