16:41 / 26.08.2016
8391

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga uringan muxolifat yetakchilari ustidan mahkama jarayoni boshlandi

26-avgust kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrining Pervomaysk tumani sudida "Xalq parlamenti" yetakchilari ustidan sud majlisi boshlandi. Ular, respublika hokimiyatini kuch ishlatish yo‘li bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti agentligi.

2016-yil 2-may kuni Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi "Xalq parlamenti" rahbariyatini, mamlakat JKning "hokimiyatni kuch bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish" va "hokimiyat vakiliga nisbatan kuch ishlatishga urinish" bandlari bo‘yicha ayblagan edi. Shundan so‘ng, sud qaroriga ko‘ra, siyosiy partiyaning bir qator yetakchilari hibsga olingandi. 

Sud jarayoni yopiq eshiklar ortida boshlanishi bilan ko‘p o‘tmay, davlat ayblovchisi kelmagani sabab, to‘xtatilgan. Sudlanuvchilarning advokatlari esa, sud majlisini ochiq o‘tkazishni talab qilishgan. Hozircha, bo‘lg‘usi majlisning sanasiga oydinlik kiritilgani yo‘q. 

Mavzuga oid
Top