19:09 / 26.08.2016
5902

Namanganda 200 dan ortiq bemor yurak jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Namangan viloyati kardiologiya markazida yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash va davolash samarali yo‘lga qo‘yilgan. 5 milliard 600 million so‘m mablag‘ evaziga qad rostlagan markazning uch qavatli yangi binosi 1 million dollarlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bu murakkab jarrohlik amaliyotlarini shu yerning o‘zida bajarish imkonini bermoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘tgan yili markazda 842 bemorda koronarografiya, 380 nafarida koronar arteriyalarini stentlash muolajalari bajarilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 200 dan ziyod yurtdoshimizda bunday jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi.

Markazning poliklinika va funksional diagnostika, qabulxona, klinik-diagnostik laboratoriya, 20 o‘rinli kardiojarrohlik, 10 o‘rinli rentgen endovaskulyar jarrohligi, 50 bemorga mo‘ljallangan  kardiotserebral patalogiya va reabilitatsiya, 16 o‘rinli kardioreanimatsiya, anesteziologiya, har biri 30 o‘ringa mo‘ljallangan yurak aritmiyasi, arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalliklari, uchta zalga ega jarrohlik bo‘limlari, sun'iy qon aylanish laboratoriyasi, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan.

Top