15:10 / 26.08.2016
9241

Pentagon: AQSh Rossiya harbiy mashg‘ulotlarini jiddiy kuzatmoqda

Qo‘shma Shtatlar Rossiya qurolli kuchlarining «Kavkaz-2016» harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik jarayonini jiddiy ravishda kuzatmoqda. Chunki, bu mashg‘ulotlar bevosita Ukraina bilan chegara yaqinida amalga oshiriladi, degan Pentagon rasmiy vakilasi Mishel Baldansa.

«Rejalashtirilgan «Kavkaz-2016» mashg‘ulotlari munosabati bilan biz vaziyatni kuzatib borayapmiz»,— deya Pentagon vakilasi so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

AQSh harbiy ma'muriyatiga ko‘ra, Rossiya ushbu o‘quv amaliyotlari bilan Ukrainadagi vaziyat e'tiborga olinsa, mintaqadagi barqarorlikka rahna solmoqda. 

«Biz, rasmiy Moskvani mintaqadagi keskinlikni pasaytirish uchun choralar ko‘rishga, xususan Minsk kelishuvlari ijrosida amaliy ishtirok etishga undaganmiz»,—degan Baldansa.

Eslatib o‘tamiz, «Kavkaz-2016» strategik shtab-qo‘mondonlik mashg‘ulotlari  2016-yil sentabr oyida Janubiy harbiy okrugda bo‘lib o‘tadi.

Top