15:47 / 26.08.2016
8188

Saudiya Arabistoni neft narxiga ta'sir ko‘rsatmoqda

Saudiya podshohligi energetika vazirining bayonotidan so‘ng, jahon neft narxi arzonlasha boshladi. U, «qora oltin» bozoriga sezilarli intervensiya qilishga zarurat yo‘qligi haqida fikr bildirgan edi. 

RIA Novosti agentligining xabar qilishicha, Shimoliy dengiz Brent neft aralashmasining oktabr oyi fyuchersi narxi 0,18 foizga arzonlashib, bir barreli 49,58 dollardan sotilgan. WTI rusumli neftning ayni oy fyuchersi 0,15 foizga arzonlashib bir barreli 47,31 dollargacha pasaygan. 

Top