16:06 / 26.08.2016
6296

Seulda Lotte Group korporatsiyasi rahbari o‘rinbosari jonsiz holda topildi

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridan 50 km masofadagi qishloqlardan birida yapon-koreys konglomerati Lotte Group rahbari o‘rinbosari In-Von Lining jasadi topildi. Bu haqda Yonhap xabar tarqatdi.

Aniqlik kiritilishicha, u bugun xayriya jamg‘armasi faoliyati bilan bog‘liq soliqlarni yashirish va moliyaviy ayblovlar (500 mln dollar miqdorida) bo‘yicha prokuror oldida javob berishi kerak bo‘lgan.

Politsiya u o‘z o‘limi oldidan qoldirgan maktubni ham topgan. Li o‘lim oldi xatida unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar haqiqatdan yiroq ekanini bildirgan. Marhum tadribkor 69 yoshda edi.

Ayni vaqtda Lotte Group og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. O‘tgan yilda kompaniyada xolding asoschilari bo‘lgan xonadon vakillari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kechdi, keyin esa prokuratura moliyaviy hujjatlar va hisobotlar bilan qiziqib qoldi. Yoz fasli avvalida kompaniyaning 17ta ofisi bo‘ylab hujjatlar tekshirilgandi.

Mavzuga oid
Top