15:23 / 26.08.2016
5940

Somalida jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi

Somali poytaxti Mogadishodagi restoranlardan biriga “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi hujum qildi va buning oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq qurbon bo‘lganlar soni olti kishi ekanligi aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Somali poytaxtining Lido plyajidagi restoran yonida mashina portlagan va shundan so‘ng otishma boshlangan edi.

Mavzuga oid
Top